Maktab faoliyati

YOSH MATEMATIKLAR MAKTABI

Respublika umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari va oliy ta’lim muassasalari talabalarining matematika faniga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, o‘quvchi va talabalar o‘rtasida turli xil ko‘rik tanlovlar, olimpiadalar, yozgi maktablar, seminarlar muntazam tashkil etish maqsadida O‘zMUda “Yosh matematiklar” maktabi tashkil etildi.

“Yosh matematiklar” maktabining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- Respublikadagi matematikaga qiziquvchi   o‘quvchi va talaba yoshlar bilan O‘zbekiston Milliy universiteti o‘rtasida doimiy muloqotni shakllantirish;

- umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim muassasalari iqtidorli yoshlarini aniqlash, qo‘llab-quvvatlash, ularning matematikaga bo‘lgan qiziqishini oshirish;

- Respublika iqtidorli yoshlarining O‘zbekiston Milliy universitetida tahsil olishga  bo‘lgan qiziqishlarini oshirish orqali universitetga iqtidorli yoshlarni jalb qilish;

- “Yosh matematiklar” maktabi a’zolari uchun seminarlar, olimpiadalar va turli xil uchrashuvlar tashkil etish va  eng faollarini rag‘batlantirib borish;

- “Yosh matematiklar” maktabi a’zolarini respublika va xalqaro olimpiadalarga tayyorlash.