Masofaviy olimpiada

MASOFAVIY OLIMPIADA

O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi “Yosh matematiklar” maktabida muntazam ravishda masofaviy olimpiada musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu olimpiadalar umumta’lim maktablarining 6-9 sinf o‘quvchilari, akademik litsey va kasb-hunar kollej o‘quvchilari, oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida tashkil qilingan.

Har oyda ikki marta topshiriqlar (olimpiada misol va masalalari) maktabning saytida e’lon qilib boriladi. Umumta’lim maktablarining 6-9 sinf o‘quvchilari, akademik litsey va kasb-hunar kollej o‘quvchilari, oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun 5 tadan masalalar beriladi.  Maktab a’zolari topshiriqlar yechimlarini belgilangan muddat ichida, ko‘rsatilgan elektron pochta manziliga yuborishlari kerak. Masalalar yechimlari tekshirilib, natijalar maktabning saytida e’lon qilib boriladi. Yil davomida maktab a’zolari reytingi hosil qilib boriladi.

Eng faol ishtirokchilar uchun yil oxirida yozgi maktab-seminari tashkil etiladi va ular homiylarimiz tomonidan mukofotlanadilar.

Barcha matematikaga qiziquvchi o‘quvchi va talabalarni  mazkur masofaviy olimpiadada qatnashishga taklif etamiz. Olimpiada qatnashchilariga omad tilaymiz.

Yechimlar yoshmatematiklar@mail.ru elektron pochtasiga yuboriladi.