Yangiliklar

O‘zbekiston Milliy universiteti olimpiadasi

O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI OLIMPIADASI

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va O‘zbekiston Respublikasi iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi hamkorlikda 2017 yil aprel-may oylari davomida matematika, fizika, biologiya va kimyo fanlaridan umumta’lim maktablarining bitiruvchi sinflari hamda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari o‘rtasida universitet olimpiadalari o‘tkazilishini ma’lum qiladi.

Universitet olimpiadalari quyidagi hududlar kesimida oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladi:

  • Samarqand, Navoiy, Buxoro viloyatlari bo‘yicha Samarqand Davlat universitetida 2017 yil 8 aprel kuni;
  • Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari bo‘yicha Qarshi Davlat universitetida 2017 yil 15 aprel kuni;
  • Namangan, Andijon, Farg‘ona viloyatlari bo‘yicha Qo‘qon Davlat pedagogika institutida 2017 yil 22 aprel kuni;
  • Toshkent shahri va Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy universitetida 2017 yil 29 aprel kuni;
  • Xorazm viloyati bo‘yicha Urganch Davlat universitetida 2017 yil 6 may kuni;
  • Qoraqolpog‘iston Respublikasi bo‘yicha Qoraqalpoq Davlat universitetida 2017 yil 8 may kuni.

Universitet olimpiadalarida umumta’lim maktablari hamda akademik litsey va kasb-hunar kollejlaridan ishtirok etib, hududlar bo‘yicha 1, 2, 3-o‘rinlarga sazovor bo‘lgan o‘quvchilar O‘zbekiston Respublikasi iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi tomonidan moddiy va ma’naviy rag‘batlantiriladi.

Shuningdek, g‘oliblar Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan tashkil etiladigan yozgi maktab o‘quv-seminariga taklif etiladi.

Shoshiling! O‘z iqtidoringiz va bilimingizni sinab ko‘ring!

Murojaat uchun manzil: O‘zbekiston Milliy universiteti, iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi (tel.: +998 71 246 59 12). Ro‘yxatdan o‘tish uchun elektron manzil: jaloliddin_manaviyat@mail.ru